Poytaxtimizda bo`lib o`tayotgan “Tashkent Book Fest – 2019“ birinchi xalqaro kitob ko`rgazma-yarmarkasi doirasida “O`zbekiston ayollari” kitobining taqdimoti bo`lib o`tdi.
Ushbu ensiklopedik asar O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan “O`zbekiston Milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti bilan hamkorlikda nashr qilingan.
“O`zbekiston ayollari” kitobi “Tarixga muhrlangan ayollar”, “Ayollar davlat boshqaruvida”, “O`zbekiston Qahramoni” unvoni sohibalari”, “O`zbekistonning akademik ayollari”, “O`zbekistonning olima ayollari”, “Turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ayollar”, “Madaniyat va san`at sohibalari” va “O`zbekiston sportchi ayollari” singari bo`limlardan tashkil topgan. Kitobga 100 dan ortiq ona Vatanimiz taraqqiyoti yo`lida mehnat qilayotgan etakchi rahbar ustozlarimiz, olima, shoira, o`qituvchi, shifokor, sportchi ayollarimiz haqidagi ma`lumotlar kiritilgan.
Tadbirni O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Elmira Bositxonova ochib berdi.
Taqdimot marosimi yakunida yig`ilganlarga “O`zbekiston ayollari” kitobi sovg`a qilindi.






