1

DXX Qirg`izistondan olib kirilgan giyohvand moddalarni musodara qildi

Jinoyat 04.10.2019, 09:27
DXX Qirg`izistondan olib kirilgan giyohvand moddalarni musodara qildi

DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, 1989 yilda Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida tug`ilgan Nurmat Isoqov 6,318 kilogramm «gashish» giyohvandlik moddasini Farg`ona viloyatiga olib ketayotgan vaqtida Andijon viloyatining Oltinko`l tumanida qo`lga olindi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Aniqlanishicha, Nurmat Isoqov Qirg`iziston Respublikasining O`sh viloyatiga borib, tanishlaridan mazkur giyohvand moddani 13200 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, shundan 2000 AQSh dollarini ularga bergan. Og`uni Andijon viloyati hududida qabul qilib olganidan so`ng, yana 3000 AQSh dollari berib yuborishini, pulning qolgan qismini esa giyohvandlik moddasini sotganidan so`ng berishini aytgan.

Oradan ma`lum vaqt o`tgach, Nurmat Isoqov hamtovog`i 1985 yilda Marg`ilon shahrida tug`ilgan Shuhratjon Mahmudov orqali 2900 AQSh dollarini qirg`izistonlik tanishlariga berib yuborgan.

Shundan so`ng kontrabanda yo`li bilan Andijon viloyati hududiga olib kirilgan «gashish» giyohvandlik moddasini qabul qilib olgan.

Bundan tashqari, DXX xodimlari tomonidan o`tkazilgan boshqa bir tezkor tadbir jarayonida Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yashovchi Nozimjon G`aniev, Mahammatdiyor Qodirov va Asaka shahrida yashovchi Sarvar Toirov qo`lga olinib, ulardan jami 616 gramm «gashish» giyohvandlik moddasi olindi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1