AsosiyJamiyat

YTHga uchragan 32 nafar rossiyalik yo`lovchini saqlab qolgan Danil Mehnat vazirligiga ishga qabul qilindi

'YTHga uchragan 32 nafar rossiyalik yo`lovchini saqlab qolgan Danil Mehnat vazirligiga ishga qabul qilindi'ning rasmi

Esingizda bo`lsa, 2019 yilning 17 avgusti kuni Rossiyaning Perm viloyatida mahalliy vaqt bilan soat 17:00lar atrofida yo`lovchi avtobus avtoulovning nosozligi sabab do`kon devoriga borib uriladi. Halokatga uchragan avtobus yonidan o`tib ketayotgan 20 yoshli hamyurtimiz Danil Yuldashev ikki soat davomida avtoulovdan jarohatlanaganlarni olib chiqishda jonbozlik qiladi, ularga dastlabki tez tibbiy yordamni ko`rsatadi.

Uning bu mardonavor harakatlari uchun 21 avgust kuni Perm o`lkasi gubernatori Maksim Reshetnikov Danil Yuldashev bilan uchrashib, unga tashakkurnoma topshirdi. Uning qahramonligi yurtimizning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi tomonidan ham e`tirof etildi. Rossiya Federasiyasi Danilga o`z fuqaroligini taklif qildi. Biroq u o`zini tug`ilgan yurtining rivoji uchun javobgar biladi.

Mana shu niyatini amalga oshirish, o`zini, imkoniyatlarini ko`rsatsin, deya Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Danil Yuldashevni o`z safiga qo`shdi, uni ishga qabul qildi. Faol fuqarolik pozisiyasiga ega Danil Yuldashev kabi yoshlar har bir jamiyatga kerak, deb ta`kidlangan vazirlik tomonidan berilgan xabarda. Shuningdek, uning faol fuqarolik pozisiyasiga ega ekani, harakatchanligi, eng muhimi, atrofida sodir bo`layotgan hodisalarga befarq emasligi faoliyati davomida as qotishiga umid bildirilgan.

    Boshqa yangiliklar