AsosiyJamiyat

Sariosiyolik fuqaroning uyi hokimlik tomonidan haqiqatdan ham noqonuniy buzib tashlanganmidi?

'Sariosiyolik fuqaroning uyi hokimlik tomonidan haqiqatdan ham noqonuniy buzib tashlanganmidi? 'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoning Sharg`un shahri, “Madankon” mahallasi, Shaxtiyorlar ko`chasi 30-uyda yashovchi fuqaro Sitora Xursanova o`zining yashash uy-joyi tuman hokimligi tomonidan buzib tashlangani va konpensasiya to`lanmayotgani haqida ma`lumot taqatgan edi.

Ushbu xabar yuzasidan Sariosiyo tumani hokimligi 2019 yilning 4 oktyabr kuni quyidagilarni ma`lum qiladi:

"Sharg`un shahrida o`zboshimchalik bilan bunyod etilgan binolar hamda shahar qiyofasiga mos kelmaydigan uylarni shaharning Bosh rejasiga asosan qayta qurish belgilanganligi munosabati bilan, tuman hokimligi tomonidan fuqaro S.Xursanovaning (murojaatda aytilganidek) yashash uy-joyi emas, balki, piyodalar yo`lagida o`zboshimchalik bilan qurib olgan yordamchi xo`jaliklari binosini buzish to`g`risida FIB Sariosiyo tumanlararo sudiga da`vo arizasi kiritilgan.

2019 yilning 31 mayida da`vo ariza sud tomonidan ko`rib chiqilib, fuqaroning o`zboshimchalik bilan qurib olgan omborxona va oshxona binolarini o`z hisobidan buzib olish to`g`risida hal qiluv qarori qabul qilindi.

Shunga qaramasdan, S.Xursanova va uning turmush o`rtog`i J.Xursanovning tuman va shahar hokimlaridan o`z tomorqasining boshqa hududida yangi omborxona va oshxona binosini qurib olishda amaliy yordam so`rab qilgan murojaati inobatga olinib, ularga 2 (ikki) tonna siment, 70 (etmish) dona shifer, 1000 (ming) ta blok g`ishtmahsulotlari etkazib berildi, uy-joyining ko`cha tomon devori shaharsozlik normalari asosida qurib berildi.

Viloyat hokimining 2019 yil 1 avgust kuni tumanda o`tkazilgan sayyor qabulida ham S.Xursanovaning bu to`g`rida qilgan murojaati inobatga olinib, shu kunning o`zida uning xonadoniga yana 8 (sakkiz) ming dona g`isht olib borib berildi."

Sariosiyo tumani hokimligi tomonidan berilgan rasmiy javobda, fuqaro S.Xursanovaga tegishli bo`lgan uy-joyni emas, balki, piyodalar yo`lagida o`zboshimchalik bilan qurib olgan yordamchi xo`jaliklari binosini sud qarori asosida qonuniy tartibda buzdirilganligi, o`zboshimchalik bilan qurib olingan bino-inshootlarga esa kompensasiya to`lanmasligi ta`kidlangan. Ammo, ushbu xonadon egalarining murojaati inobatga olingan holda yangi yordamchi xo`jaliklar binolarini qurib olish uchun etarli miqdorda qurilish mollari (xabar tarqalmasdan avval) etkazib berilganligini, bir necha oy oldin Sharg`un shahrida yangi barpo etilgan ko`p qavatli zamonaviy arzon uy-joylardan kvartira ham ajratilganliginini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar