1

​Jizzaxda farzand otasining qotiliga aylandi

Jinoyat 04.10.2019, 21:05
​Jizzaxda farzand otasining qotiliga aylandi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining bergan ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilning 3 oktyabr kuni soat 16:00 larda Jizzax shahri, Madaniyat mahallasida fuqaro T.M. (1987 y.t.) otasi M.A. (1964 y.t.)ni qotiliga aylangan.

Ota-bola o`rtasida spirtli ichimlik ta`sirida janjal kelib chiqib, o`g`il oshxona pichog`i bilan otasining chap ko`krak sohasiga bir marotaba sanchib jarohat etkazganligi oqibatida M.A. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan shu kuni T.M.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1