1

Xotinini zanjirband qilgan zo`ravon erga nisbatan jinoiy ish ochildi

Jinoyat 04.10.2019, 21:51
Xotinini zanjirband qilgan zo`ravon erga nisbatan jinoiy ish ochildi

Joriy yilning 26 sentyabr kuni fuqaro M.A. Zangiota tumani Ichki ishlar bo`limiga murojaat qilib, kuyovi A.T.ga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan. Murojaat mazmuniga ko`ra, A.T. 2019 yilning 23-26 sentyabr kunlari o`zining xonadonida, turmush o`rtog`i D.T.ning noqonuniy tarzda oyog`ini zanjir bilan bog`lab qo`yib, ushlab turganligi ma`lum qilgan va hodisani videoga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylagan edi.

Ushbu murojaat Zangiota tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor o`rganish maqsadida, A.T. xonadoniga borildi. O`rganish davomida D.T. olgan tan jarohatlari yuzasidan sud tibbiy ekspertiza ko`rigi o`tkazildi. Zangiota tuman sud tibbiy ekspertizaning 2019 yil 30 sentyabr kunidagi ma`lumotnomasida, D.T.ning jarohatlari, og`irlik darajasi bo`yicha sog`lig`ining qisqa muddatga buzilishiga sabab bo`lgan engil tan jarohatlar toifasiga kirishi ko`rsatilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan fuqaro A.T.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo`rlik ishlatib g`ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1