1

Bojxona va DXX xodimlari 516 ming 486 AQSh dollarini mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqishga uringan shaxsni qo`lga olishdi

Jinoyat 05.10.2019, 10:07
Bojxona va DXX xodimlari 516 ming 486  AQSh dollarini mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqishga uringan shaxsni qo`lga olishdi

Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yishdi.

2019 yil 3 oktyabr kuni Farg`ona viloyatida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.N. boshqaruvidagi “LADA XRAY” rusumli avtoulov qo`shni davlatga o`tish maqsadida harakatlanib ketayotgan vaqtida to`xtatildi.

Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Avtoulovni to`xtatish jarayonida haydovchi M.N. mazkur avtoulovdan o`ramlarni olib, qir-adirga yashirishga uringan vaqtida qo`lga olindi.

Qora paketlarga solingan mazkur o`ramlar qonunbuzarning o`zi va xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, ularda jami 516 486 naqd AQSh dollari mavjudligi va mazkur naqd xorijiy valyutalarni qo`shni davlatga noqonuniy olib chiqish rejalashtirilganligi aniqlandi.

Hozirda qonunbuzardan naqd xorijiy valyutalar ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilib, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1