AsosiyJamiyat

Kursantlar sahnadagi kichik Vatanda saboq olishdi

'Kursantlar sahnadagi kichik Vatanda saboq olishdi'ning rasmi

Qurolli Kuchlar akademiyasida “Ma`naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi.

Unda O`zbek davlat drama teatri aktyorlari – Sardor Mansurov hamda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Munojat Teshaboeva ishtirok etdi. Aktyorlarning faoliyati davomida uchraydigan qiziqarli voqealar, ish jarayonidagi murakkab vaziyatlardan oqilona chiqib ketilgan lahzalar, spektakl davomida tabiiy ravishda ijod qilingan sahna ko`rinishlari haqidagi xotiralar yig`ilganlarda katta qiziqish uyg`otdi. Shundan so`ng kursantlarning savollari ko`paydi:

  • Harbiy xizmatchi obrazini yaratganmisiz?
  • Siz Vatan deganda nimani tushunasiz?
  • Sahna ham kichik Vatan bo`lsa, rosmana hayotni qanday talqin qilasiz?
  • Orzuingizdagi aktyor?...

Yoshlardagi qiziqarli savollarning javobi barcha yig`ilganlar uchun ibratli voqealarni eslatdi.Savol-javoblardan ruhlangan kursantlardan biri o`ziga ishonch bilan teatr aktyorlari qarshisida yaxshi ko`rgan monologini o`qib berib, olqish oldi.Ikkinchisi taniqli shaxslarning ovoziga taqlid qilish mahoratini ko`rsatdi.

Shu zaylda kursantlar o`zlarining nafaqat jismoniy va jangovar shaylikni oshirayotgani, balki ijodiy ma`noda ham bellasha olishga qodirliklarini isbotladilar.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar