1

Samarqandlik erkak o`z xonadonidan qurol topib oldi

Jinoyat 05.10.2019, 15:46
Samarqandlik erkak o`z xonadonidan qurol topib oldi

Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanida yashovchi T.Xurramov o`z xonadonidan ov qurolini topib oldi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, fuqaro uyini ta`mirlash vaqtida uy tomidan marhum bobosidan qolgan TOZ rusumli,16 kalibrli, bir stvolli ov qurolini topib olgan. Ta`kidlanishicha, qurol 1964 yilda ishlab chiqarilgan.

"T.Xurramov zudlik bilan O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Samarqand bo`linmasiga xabar bergan va o`z xohishi bilan o`rnatilgan tartibda topshirgan", - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Toshkent viloyatida ham fuqarolar tomonidan topilgan qurollar Ichki ishlar vazirligining tegishli bo`linmalariga belgilangan tartibda topshirilganligi ma`lum qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1