AsosiyJamiyat

Samarqandda ekologik marafon bo`lib o`tadi

'Samarqandda ekologik marafon bo`lib o`tadi'ning rasmi

Ertaga, 6 oktyabr kuni Samarqand shahrida "Daraxt ek - hayotingni yashnat!" shiori ostida ommaviy yurish marafoni bo`lib o`tadi.

Marafon ertalab 10:00 da boshlanib, “Ko`ksaroy maydoni -  Universitet xiyoboni - Xo`ja Ahrori Valiy ko`chasi - Samarqand tumanidagi Nodir Devonbegi madrasasi” yo`nalishi bo`ylab tashkil etiladi.

Tadbir viloyat uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish boshqarmasi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va “Ovozi Samarqand” gazetasi hamkorligida o`tkazilmoqda.

Unda mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, ko`plab keksa-yu yoshlar ishtirok etishi ko`zda tutilgan.

Qadim shahrimizning bugungi qiyofasini yashnatib turgan manzarali daraxtlarni asrab-avaylashga chaqiruvchi, aholi o`rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga bag`ishlangan marafonda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.
 

Boshqa yangiliklar