1

Hamyonga joylangan og`u fosh bo`ldi

Jinoyat 07.10.2019, 15:07
Hamyonga joylangan og`u fosh bo`ldi

Giyohvandlik vositalarini yurtimizga noqonuniy olib kirish shuningdek, ular bilan noqonuniy muomalada bo`lish qat`iy taqiqlangan va jinoiy javobgarlik belgilangan. Biroq bu kabi konunbuzilish holatlari hamon uchramoqda.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan H.O. ismli shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, mazkur fuqaroga tegishli hamyon ichidanrangsiz sellofanga o`ralgan sof og`irligi 1,5 gramm gashish giyoxvandlik moddasi topildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1