1

“Yashil yo`lak"dagi dron to`xtatib qolindi

Jinoyat 07.10.2019, 15:10
“Yashil yo`lak"dagi dron to`xtatib qolindi

Bojxonachilar mamlakatimizga olib kirilishi taqiqlangan tovar moddiy boyliklarni noqonuniy yo`llar bilan olib kirishga bo`lgan urinishlarga qarshi samarali kurash olib borishmoqda.

Jumladan, Namangan xalqaro aeroportiga “Moskva-Namangan” yo`nalishi bo`yicha uchib kelib, “yashil” yo`lak orqali harakatlangan fuqaro R.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, uning yuklari ichida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi taqiqlangan 1 dona uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasining joriy yil 2 may kuni qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi 
O`RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to`ldirilgan bo`lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o`tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo`yicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur Qonunning 1-moddasi  2019 yil 4 noyabrdan amalga kiritiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1