1

Qarzdor Moskvada ushlandi

Jinoyat 07.10.2019, 15:23
Qarzdor Moskvada ushlandi

Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan qarzdor jismoniy shaxslar va olib qo`yilishi lozim bo`lgan bolani, shuningdek, qarzdorning mol-mulkini qidirish bo`yicha maxsus qidiruv bo`limlari faoliyat ko`rsatmoqda.

Davlatimiz rahbarining 15.02.2018 yildagi “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta`minlash borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-5343-sonli Farmoni qabul qilindi, unga ko`ra Majburiy ijro byurosida Axborot ta`minoti va qidiruv bo`limi, hududiy boshqarmalarda axborot ta`minoti va qidiruv sho``basi hamda tuman (shahar) qidiruv guruhlari tashkil etildi. 

O`tgan davr mobaynida Byuroning qidiruv xodimlar tomonidan amalga oshirilgan qidiruv tadbirlari natijasida  jami 5771 nafar shaxslardan 3734 nafari topilib, ulardan 15 mlrd. 752,5 mln. so`mlik qarzdorligi undirilishi ta`minlangan. 2037 nafar (qidiruvdagi 2037 nafardan 1846 nafari yoki 90,6 foizi aliment to`lashdan bo`yin tovlab yurgan qarzdor jismoniy shaxslar hissasiga to`g`ri keladi) qarzdorlarga nisbatan esa qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda. Qidiruv tadbirlari va ko`rilgan tezkor choralar natijasida qidiruvdagilarning 1375 nafari chet elda 662 nafari esa respublika hududida ekanligi aniqlanib, ularga nisbatan tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Birgina misol, Yangiyo`l shaharda faoliyat yuritgan korxona rahbari Karim Tolipov (ism va familiyasi o`zgartirilgan) o`ziga tegishli bo`lgan ishlab chiqarish korxonasida tegishli tartibda texnik shart olmasdan, energoresurslar va suv ta`minoti sohasidagi ta`minotchi korxonalar bilan shartnoma imzolamasdan, energoresurslar va suv ta`minoti tizimiga o`zboshimchalik bilan ulanib, noqonuniy ravishda foydalanib kelishi oqibatida 50 mln.  so`mdan ziyod miqdorida zarar etkazganligi aniqlangan.

Majburiy ijro byurosining Yangiyo`l shahar bo`limi xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 1852-moddasi 6 qismida “birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e`tiboran o`ttiz kunlik muddatda etkazilgan moddiy zararning o`rnini qoplagan bo`lsa javobgarlikdan ozod etiladi” deb ko`rsatilganligiga asosan etkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda qoplash uchun korxona rahbariga 30 kun muddat berilgan.

Imkoniyat berilganiga qaramasdan MChJ tomonidan etkazilgan zarar ixtiyoriy ravishda qoplanmaganligi sababli, Byuroning shahar bo`limi tomonidan korxonaning mansabdor shaxslariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 1852-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

  Surishtiruv harakatlari davomida, korxona rahbari javobgarlikdan qochish maqsadida, Toshkent viloyati “G`ishtko`prik” bojxona kompleksi orqali Moskva shahriga chiqib ketganligi ma`lum bo`lgan, shu sababli unga nisbatan sirtdan “qamoqqa olish” tarzidagi extiyot chorasi qo`llanilib, qidiruv e`lon qilingan. 

  Qidiruv harakatlari davomida, qarzdor shaxs Rossiya federasiyasi, Moskva viloyati, Ruz shahrida ushlanib “qamoqqa” olingan hamda 1993 yilda qabul qilingan “Minsk konvensiyasi”ga asosan O`zbekiston Respublikasiga ekstradisiya qilingan.

  Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida, qo`lga tushgan javobgar shaxs Karim Tolipov tomonidan etkazilgan 50 mln. so`m  zarar qoplanganligi munosabati bilan unga nisbatan qo`llanilgan ehtiyot chorasi o`zgartirilgan.

 

Aziza Yusupova Bosh prokuratura huzuridagi MIBning Axborot-kommunikasiya texnologiyalari Markazi mutaxassisi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1