1

MIB faoliyatidan : korxona ortiqcha undirilgan mablag`ni foizi bilan qaytardi

Jinoyat 07.10.2019, 16:37
MIB faoliyatidan : korxona ortiqcha undirilgan mablag`ni foizi bilan qaytardi

Uy-joy masalalari azaldan dolzarb ahamiyatga ega. Odamlarning turar joyga bo`lgan ehtiyoji esa birlamchiligi, shubhasiz. Andijonlik S.Saybidinov ham ezgu niyatlar bilan yangi uy-joy olishga oshiqadi. 

Shu munosabat bilan 27.03.2013 yilda “Qishloq qurilish invest” MChJ va S.Saybidinov o`rtasida shartnoma imzolanadi. Tuzilgan shartnomaga asosan “Qishloq qurilish invest” MChJ IKga Izboskan tumani Qo`shko`prik massividagi 1-qavatda 3 xonadan iborat 5-raqamli yakka tartibda uy-joy qurish, S.Saybidinovga esa ob`ektning joriy narxi uchun 143 mln 908 ming 571 so`m to`lash majburiyati yuklatiladi. Biroq, Izboskan tuman hokimining 23.11.2013 yil kungi qaroriga binoan S.Saybidinovga tumanning Qo`g`ay massivida namunaviy loyihalar asosida qurib bitkazilgan 10-raqamli uy-joyga nisbatan egalik huquqi belgilanadi. Ushbu uyning narxi 107 mln so`mni tashkil qiladi.

S.Saybidinov “Qishloq qurilish invest” MChJ bilan kelishuviga ko`ra, 5-raqamli uyni boshqa shaxs bilan almashtirishga hamda 10-raqamli uyga egalik qilishga rozilik bildirib, uyni summasidagi farqni qaytarib berishni so`rab murojaat qiladi. 

Pullar qaytarilmagach, da`vo ishi fuqarolik ishlari bo`yicha Andijon tumanlararo sudida ko`rib chiqilib, S.Saybidinovga “Qishloq qurilish invest” MChJ IKdan 36 mln 785 ming 67 so`m to`lovdagi farq va 5 mln 149 ming 909 so`m foizi, 846 ming 563 so`m sud xarajatlari undirilishi belgilanadi.

Sudning ijro hujjatiga asosan Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo`limi davlat ijrochilarining sa`y-harakatlari bilan jami 42 mln 781 ming 539 so`m S.Saybidinov foydasiga undirib berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1