1

O`zboshimchalik salkam 22,5 million so`mga tushdi

Jinoyat 07.10.2019, 16:48
O`zboshimchalik salkam 22,5 million so`mga tushdi

Majburiy ijro byurosining Namangan viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan o`tkazilayotgan nazorat tadbirlari jarayonida tabiiy gaz uzatish va taqsimlash tarmog`iga o`g`rincha ulanib, foydalanish holatlari fosh etmoqdalar.

Jumladan, Namangan tumani “Navbahor” mahalla fuqarolar yig`inida joylashgan “Sadaf sof tekstil” ma`suliyati cheklangan jamiyatida tabiiy gazdan foydalanishi qonuniyligi va to`lov intizomiga rioya etilishi yuzasidan o`tkazilgan tadbirda noqonuniy holat oshkor bo`ldi. 

Aniqlanishicha, jamiyat rahbari H.Qirg`izboev umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan, ta`minotchi korxona bilan shartnoma tuzmay, foydalanib kelgan. Ushbu harakati orqali X.Qirg`izboev ta`minoti korxona manfaatlariga 22 mln. 339 ming so`m miqdorida zarar etkazgani aniqlandi.   

Jamiyat rahbari etkazilgan zararni to`liq bartaraf etganligi inobatga olindi. Unga nisbatan ayblilik masalasini hal qilmay turib, jinoyat ishini qo`zg`atish rad etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1