AsosiyJamiyat

TIV: Qozog`istondagi portlash oqibatida O`zbekiston fuqarosi jarohatlandi

'TIV: Qozog`istondagi portlash oqibatida O`zbekiston fuqarosi jarohatlandi'ning rasmi

O`zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog`iston) Bosh konsulxonasi bergan ma`lumotga ko`ra, 2019 yilning 6-oktabr kuni Mang`istau viloyatida gaz va havo aralashmasining portlashi oqibatida O`zbekiston fuqarosi D.I. jarohat oldi va Beyneu tumani markaziy shifoxonasiga joylashtirildi. Uning sog`ligi holati barqaror og`ir deya baholanmoqda.

Bosh konsulxona tibbiyot muassasasi bilan aloqa o`rnatdi hamda bemor hamyurtimizni O`zbekistonga olib ketish bilan bog`liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda uning yaqinlariga yordam bermoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o`tadiki Qozog`istonning Aqto`be, Atirau, Mang`istau va G`arbiy Qozog`iston viloyatlari hududida bo`lib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Aktau shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51.

 

    Boshqa yangiliklar