1

“Isuzu”ga yashirilgan 232 million so`mlik dori vositalari fosh etildi

Jinoyat 08.10.2019, 11:01
“Isuzu”ga yashirilgan 232 million so`mlik dori vositalari fosh etildi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi kurash bo`limi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tezkor tadbir o`tkazildi, deya xabar bermoqda qo`mita matbuot xizmati

Tadbir davomida, “Chinor” yo`l patrul xizmati maskaniga kirib kelgan, fuqaro M.A. boshqaruvidagi  “ISUZU” rusumli yuk avtotransporti to`xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi.

Tekshiruv jarayonida avtomashinada tegishli hujjatlari bo`lmagan qiymati 112,2 million so`mlik 6600 dona “Tropikamid 10 mg.” va 120 million so`mlik 8400 dona “REGAPEN 300 mg.” nomli dori vositalari borligi ma`lum bo`ldi.

Olingan ashyoviy dalillarning umumiy qiymati 232,2 million so`mni tashkil qildi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1