“O`zavtosanoat” AJ mukofot jamg`armasi 60 000 000 so`m bo`lgan UzAuto Market innovasion platformasida startap-loyihalar tanlovini e`lon qiladi.
Eng yaxshi uchta loyiha mualliflari quyidagilarga ega bo`ladilar:
I o`rin – 30 000 000 so`m
II o`rin – 20 000 000 so`m
III o`rin – 10 000 000 so`m
Tanlovdagi e`tiborga olinuvchi mezonlar: ishlanmalarning voqeiy va tijoriy jihatdan o`zini oqlaydigan, shuningdek potensial joriy etishga tayyor bo`lishi lozim. Loyihalar texnologiyasi foyda va iqtisodiy samara keltirishi – xarajatlar kamayishi, jarayonlarning optimizasiyasi va sotuvlar oshishiga olib kelishi lozim. Asosiysini unutmang: echimlaringizni taxmin qilinayotgan samaradorlik ko`rsatkichlariga ega biznes-mahsulot o`ramiga qadoqlang.
Ariza topshirish uchun elektron anketani to`ldirishingiz va g`oyani maxsus shakl yordamida yo`llash kerak bo`ladi. Komissiyaga o`z loyihasining tayyor sinov namunasini taqdim qilgan tanlov ishtirokchilariga afzallik beriladi.
Barcha arizalardan 20 ta eng yaxshi startap loyihalari tanlab olinadi, ularning taqdimotini mualliflar joriy yil 31 oktyabrda Toshkent sh., Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko`chasi, 28a-uy manzilidagi UzAuto Market innovasion startap-platforma hududida o`tkazishlari mumkin.
Taqdimotlar yakuniga ko`ra, ekspert komissiyasi uchta eng chuqur o`ylangan va istiqbolli loyihani tanlab oladi, ularning mualliflari bosh mukofotlar sohibiga aylanadilar.
Arizalar 27 oktyabr, soat 24:00gacha qabul qilinadi.
Eslatib o`tamiz, UzAuto Market startap-maydonchasi – bu O`zbekistondagi yoshlarga o`z g`oyalarini avtomobilsozlik uchun yangi mahsulotlar ishlanmalarida ro`yobga chiqarish imkonini beruvchi birinchi noyob loyihadir.






