AsosiyJamiyat

Samarqandda mehribonlik uylarining sobiq tarbiyalanuvchilariga uy berildi

Yangi yil arafasida Samarqand viloyatidagi mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan va imkoniyati cheklangan 40 nafar yoshlarga Samarqand shahridagi ko`p qavatli uy xonadonlari kaliti topshirildi. Bu haqda “Zarafshon” gazetasiga tayanib, kun.uz xabar bermoqda.

Samarqand axborot kommunikasiya texnologiyalari va sanoat kasb-hunar kolleji balansida bo`lgan mazkur ko`p qavatli uy ham yuqoridagi qarorlar asosida ta`mirlanib, mehribonlik uylari bitiruvchilari va imkoniyati cheklangan yoshlarga tuhfa etildi.

“Bugungi kunda 9-mehribonlik uyida haydovchilik qilayapman. Ikki nafar farzandim bor. Bir necha yildirki, ijarada yashab kelayotgandik. Bugun ikki xonali shinam kvartiraga ega bo`lganimizdan turmush o`rtog`im ikkimizning quvonchimiz ichimizga sig`mayapti”, – deydi 11-mehribonlik uyi sobiq tarbiyalanuvchisi Safar Jo`raev.

“Mehribonlik uyidagi tahsildan so`ng kollejda o`qidim. Ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o`tayapman. Lekin shu paytgacha o`z boshpanam yo`q edi. Bugun esa eng katta orzuim ushalib, uyli bo`lganimdan xursandman”, – deydi oddiy askar Sadriddin Mardonov.

Tadbirda viloyat hokimi Zoir Mirzaev, viloyat prokurori B.Dehqonov va boshqalar ishtirok etgan.

    Boshqa yangiliklar