1

Kamolon mahallasida sodir etilgan qasddan odam o`ldirish jinoyati yuzasidan bayonot

Jinoyat 10.10.2019, 16:32
Kamolon mahallasida sodir etilgan qasddan odam o`ldirish jinoyati yuzasidan bayonot

2019 yil 05 oktyabr kuni soat taxminan 04:30 larda Shayxontohur tumani, Kirkiy ko`chasida joylashgan uyning yotoqxonasidan, shu xonadonda istiqomat qilib kelgan Abbos A.ning (1993 y.t., XATB “Universal bank” Toshkent filiali bo`lim boshlig`i lavozimida ishlagan) murdasi bo`yin sohasidan dazmol shnuri bilan bug`ilgan xolatda topilgan.    

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko`ra, Abbos A.ning o`limi bo`yin a`zolarining sirtmoq bilan bug`ilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya natijasida yuz berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 05.10.2019 yilda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tezkor-tergov harakatlarida aniqlanishicha, Kamola A. turmush o`rtog`i Abbos A. bilan o`rtalarida kelib chiqqan o`zaro nizo sababli uni qasddan o`ldirish haqida qarindoshi Otabek X. bilan jinoiy til biriktirib, Otabek X. 2019 yil 04 oktyabr kuni soat 19-00larda Abbos A.ning yashash uyiga kelib, xonadon mehmonxonasidagi stol ostiga berkinib, Kamola A. bilan uning turmush o`rtog`i Abbos A.ni o`ldirish uchun qulay fursat kutib, 2019 yil 05 oktyabrga o`tar kechasi soat 00-30larda yotoqxonaga kirib, Abbos A. uyg`oq bo`lganligi sababli uning ustiga chiqib, yuz qismiga chap qo`li mushti bilan bir necha zarbalar berib, so`ngra oldindan tayyorlab qo`yilgan dazmol elektr simi bilan bo`yin soxasidan bo`g`a boshlagan.  

Natijada, Abbos A. o`ziga nisbatan bo`layotgan tajovuzdan himoyalanib, yaqin qarindoshlarini yordamga chaqira boshlagan vaqtida Kamola A. o`z turmush o`rtog`ining yuz qismiga yostiq bilan bosib, uning nafas yo`llarini berkitib, Abbos A.ni qasddan o`ldirishgan.  

So`ngra, Otabek X. xonadonda bo`lgan marhum Abbos A.ga tegishli 2 ta uyali telefon apparatlari, 500 AQSh dollari va 110.000 so`m pullarini hamda jinoyat izlarini yashirish maqsadida sherigi Kamola A.ga tegishli 1 dona uyali telefon apparati va tilla taqinchoqlarini qo`lga kiritib, voqea joyidan yashiringan. Kamola A. esa jinoyati fosh etilishini oldini olish va javobgarlikdan qutilib qolish maqsadida shu kecha unga va turmush o`rtog`iga nisbatan noma`lum shaxslar tomonidan bosqinchilik sodir etilganligini aytib, marhumning ota-onasini o`yg`otgan.  

Tergov davomida Otabek X.ning yashash xonadonida o`tkazilgan tintuv davomida Abbos A.ning uyidan olib ketilgan tilla buyumlar erto`laga yashirib qo`yilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Ish bo`yicha 07.10.2019 yilda Otabek X. va Kamola A.lar jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, ularga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi «p» bandi bilan ayblov e`lon qilingan va ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo`llanilgan.  

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1