1

Soxta MIBchilar nayrangi fosh bo`ldi

Jinoyat 11.10.2019, 10:15
Soxta MIBchilar nayrangi fosh bo`ldi

Kattaqo`rg`on tumani «Do`stlik» mahallasida yashovchi fuqaro Q.Tadjieva Majburiy ijro byurosi tuman bo`limiga murojaat qildi. Bu haqida Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi katta inspektori Shohruh TOShPO`LATOV ma`lum qilmoqda.

Uning arizasi yuzasidan o`tkazilgan tekshiruv harakatlari davomida Samarqand viloya­ti bo`yicha gaz ta`minoti hududiy filialiga qarashli tumanlararo 4-sonli gaz ta`minoti uchastkasi tuman hududining gaz uskunalarni ta`mirlash va ishlatish bo`yicha chilangarlari Elbek Xoliqov, Farhod Musurmonov, Azamat Tashanovlar oldindan jinoiy til biriktirdi. Ularaldashvaishonchnisuiiste`molqilishyo`libilano`zganingmulkiniqo`lgakiritishmaqsadidaQ.Tadjievaningxonadonigatabiiygazdanfoydalanishahvoliniko`rikdano`tkazishuchunborishgan.

Elbek Xoliqov o`zini «Majburiy ijro byurosi xodimi» deb tanishtiradi. U Q.Tadjievaning arizasiga asosan 2014 yil mart oyida xonadonda tabiiy gaz tarmoqdan uzilganini bilgan. Xizmat vazifasiga kirmasa-da, xonadonni tabiiy gaz tarmog`iga ulash uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida qayta ulov to`lovi uchun Q.Tadjievaning plas­tik kartasidan 420 ming so`mni «Clik» dasturi orqali o`zining plastik kartasiga o`tkazgan.

Xonadon sohibasining ishonchiga kirish uchun Elbek gaz hisoblash uskunasini qiyoslovdan o`tkazish uchun o`rnatilgan joyidan echib bergan.

Shundan so`ng Azamat Tashanov fuqaro Q.Tadjievaning xonadonida haqiqatda foydalanilmagan tabiiy gaz uchun 1 dona gaz plita bilan 2 dona isitish pechlarini yillik ko`rikdan o`tkazilgani to`g`risidagi dalolatnomani tuzib bergan.

Elbek plastik kartasiga tushgan 420 ming so`mdan tumanlararo 4-sonli gaz ta`minoti uchastkasi tuman hududi kassasiga 102 ming so`mni to`lov qilib, qolgan 318 ming so`mni sherik­lariga taqsimlagan.

Tekshiruv harakatlari davomida bu yigitlar o`z ayblariga iqror bo`lib, fuqaro Q.Tadjievadan firibgarlik yo`li bilan qo`l kiritgan 420 ming so`mni ixtiyoriy ravishda qaytargan. U tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Kattaqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Kattaqo`rg`on tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1