1

Qarz va moddiy zarar pullari darhol undirib berildi

Jinoyat 11.10.2019, 11:50
Qarz va moddiy zarar pullari darhol undirib berildi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Qarshi tumanlararo sudining2019 yil 5 sentyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor N.Arslonovdan undiruvchi J.Avazov foydasiga jami 42.134.190 so`m qarz va moddiy zarar puli undirish to`g`risidagi ijro hujjati bo`lim ish yurituviga 2019 yil 3 oktyabrda kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan tegishli majburiy ijro harakatlari olib borilishi, ya`ni qarzdorning nomida mol-mulk bor yoki yo`qligini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so`rovnomalar yuborish orqali qarzdorning nomidagi barcha mol-mulklar aniqlanib, ularga band solinishi natijasida qarzdordan 42 mln. 134 ming 190 so`m moddiy zarar pullari to`liq undirilib, tilxat asosida undiruvchiga topshirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1