AsosiyJamiyat

Jamshid Niyozov: yalpi majlisni kuzatib bir narsani payqab qoldim...

'Jamshid Niyozov: yalpi majlisni kuzatib bir narsani payqab qoldim...'ning rasmi

Blogger Jamshid Niyozov bugungi onlayn bo`lgan Senatning yalpi majlisi haqida o`z fikrini bildirdi.

“Avvalo, Senat raisi blogerlar bilan uchrashuvda bildirilgan taklifni inobatga olib, yalpi majlis jonli translyasiya qilinayotgani tahsinga sazovor. Parlamentariy sohasining shaffoflashtirish yo`lida katta qadam tashlandi. Buning uchun rahmat. 

Ammo yalpi majlisni bir soatga yaqinroq vaqt davomida kuzatib bir narsani payqab qoldim. Senatorlarga savollar avvaldan tarqatib chiqilgandek. Balki adashayotgandirman, ko`pchilik qog`oz yoki planshetdan o`qib berayotgani ham shuni tasdiqlayapti. Bundan tashqari, berilayotgan savollar juda kitobiy, odatda odamlar o`zaro savol-javobda sodda jumlalardan foydalanadi. Ayrim senatorlar savolni o`qib bermay o`z tilida aytib bera olishdi. Ammo ular sanoqli, Markaziy bank vakillariga savol bergan aksariyat senatorlar shuniyam eplasholmayapti. Bu esa senatorlarning so`z boyligi, nutq savodxonligi SENATOR maqomiga mos emasligini ko`rsatadi.

Xullas, yalpi majlisning translyasiyasi juda qiziq bo`layapti. Garchi uni kuzatib borayotgan va fikr qoldirayotganlar zerikarli bo`layotganini, nega Rasul Kusherboev so`zga chiqmayotganini (Kusherboev senator emas, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati) aytayotgan bo`lsa-da, diqqat bilan kuzatilsa, Senat va senatorlar haqida atroflicha tasavvurga ega bo`lish mumkin”. 

 

    Boshqa yangiliklar