AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura Akademiyasi va «ELSEVIER» kompaniyasi o`rtasida Memorandum imzolandi

'Bosh prokuratura Akademiyasi va «ELSEVIER» kompaniyasi o`rtasida Memorandum imzolandi'ning rasmi

Memorandumda ta`lim va ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati sohasida hamkorlik aloqalarining asosiy yo`nalishlari va shakllari belgilangan. 

Amaliy hamkorlikning davomi sifatida Akademiya xodimlari va tinglovchilari uchun kompaniyaning mintaqaviy direktori A.Ospanova tomonidan “Xalqaro standartlar asosida ilmiy maqolalar tayyorlash” mavzusida master-klass o`tkazildi.

Xalqaro standartlar asosida ilmiy maqolalar yozishning o`ziga xos xususiyatlari batafsil tushuntirildi, yuqori reytingli xalqaro jurnallarda chop etiladigan maqolalarni tayyorlash bo`yicha maslahat va tavsiyalar berildi.

Bundan avvalroq, joriy yilning 7 oktyabr kuni Akademiya rahbariyati va xodimlari «ELSEVIER» kompaniyasi tomonidan yaratilgan “Uzbekistan Research Online” – O`zbekiston Respublikasining ilk raqamli resenziyalanadigan ilmiy jurnallar platformasining ochilish marosimida ishtirok etishdi.

Taqdimot doirasida “Scopus”ning xalqaro standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan Bosh prokuratura Akademiyasining resenziyalanadigan ilmiy jurnali “ProAcademy” ham taqdim qilindi. Kelgusida mazkur jurnal “Digital Commons Network” global tarmog`iga integrasiya qilinadi.

    Boshqa yangiliklar