1

Yashil yo`lakda dronning qanotlari “ko`rinib qoldi”

Jinoyat 11.10.2019, 16:02
Yashil yo`lakda dronning qanotlari “ko`rinib qoldi”

Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro A.D.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, uning yuklari orasidan deklarasiyada ko`rsatilmagan va bojxonachilarning og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan 1 dona uchuvchisiz uchish qurilmasi (dron)borligi aniqlandi. 

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Aytib o`tish joizki, O`zbekiston Respublikasining joriy yil 2 may kuni qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi O`RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to`ldirilgan bo`lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o`tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo`yicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur Qonunning 1-moddasi  2019 yil 4 noyabrdan amalga kiritiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1