1

“Kobalt”dagi sifati kafolatlanmagan dorilar noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

Jinoyat 11.10.2019, 16:07
“Kobalt”dagi sifati kafolatlanmagan dorilar noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan fuqaro M.I. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari bo`lmagan va noqonuniy tarzda olib ketilayotgan umumiy qiymati 31,4 million so`mlik 1000 dona “Tropikamid” nomli dori vositalari borligi aniqlandi. 

Shuningdek, yana bir holatda Namangan shahrida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.Q. shartli xaridorga umumiy qiymati 38,4 million so`mlik 1200 dona tropikamid dori vositalarini noqonuniy tarzda pullayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga olindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1