1

“Mersedes Bens” havo filtri ichiga kumushlarni yashirish foyda bermadi

Jinoyat 11.10.2019, 16:11
“Mersedes Bens” havo filtri ichiga kumushlarni yashirish  foyda bermadi

Zargarlik buyumlarini turli yashirin yo`llar bilan olib o`tishga uringan kimsalarning kirdikorlari bojxona organlari tomonidan o`z vaqtida fosh etilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona postiga qo`shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro N.A. boshqaruvidagi “Mersedes Bens” rusumli avtomashina to`xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada avtomashinaning havo filtri ichiga, ustamonlik bilan yashirilgan, umumiy qiymati 15,8 million so`mlik 315 gramm kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari  tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1