1

Og`ziga tilla solib, xorijga uchmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 11.10.2019, 16:20
Og`ziga tilla solib, xorijga uchmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

“Toshkent” xalqaro aeroporti bojxonachilari xorijga uchib ketish maqsadida “yashil” yo`lak orqali harakatlangan fuqaro M.A.ning xatti-harakatlarini tezkor kuzatuvga olishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Shundan so`ng ushbu fuqaro zamonaviy skaner qurilmasi yordamida xolislar ishtirokida tekshiruvdan o`tkazilganda uning qing`ir rejasi fosh etildi.

Qarangki, ushbu shaxs o`z og`iz bo`shlig`iga umumiy vazni 213 grammni tashkil etuvchi 2 dona quyma tilla bo`laklarini solib, xorijga uchib ketishni rejalashtirgan ekan. 

Ammo, uning bu nayrangi ish bermadi. Qonunbuzardan umumiy qiymati 70 million so`mdan ortiqni tashkil etuvchi quyma tilla bo`laklari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1