1

Kumush taqinchoqlarni yashirincha olib o`tishga bo`lgan urinish fosh bo`ldi

Jinoyat 11.10.2019, 16:56
Kumush taqinchoqlarni yashirincha olib o`tishga bo`lgan urinish  fosh bo`ldi

Amaldagi tartibga ko`ra, jismoniy shaxslar tomonidan bojsiz olib kirishning cheklangan me`yorlariga ko`ra 65 gr.gacha og`irlikdagi qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini olib kirish mumkin. Ammo, mazkur me`yorlarga rioya qilmasdan turib, zargarlik buyumlarini turli nayrang va usullarni qo`llagan holda olib kirishga urinayotgan shaxslar ham uchrab turibdi. 

Jumladan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Do`stlik” chegara bojxona postidan harakatlanayotgan fuqaro K.M.ning hatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxsning yuklari belgilangan tartibdabojxonanazoratidano`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, uning yuklari orasida umumiy og`irligi 331,4 grammga teng bo`lgan kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Shuningdek, “Shovot” chegara bojxona posti orqali qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqarolar A.S. va Ch.M.lar belgilangan tartibda xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazildi. 

Tekshiruv jarayonida ushbu shaxslar 120,65 gramm kumush taqinchoqlarni yashirincha olib o`tishga uringanligi ma`lum bo`ldi. 

“Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari ham fuqaro S.I.ning nayrangini o`z vaqtida fosh etishdi.

Ushbu shaxs “yashil” yo`lakdan harakatlanar ekan, belgilangan tartibda to`xtatilib, nazoratdan o`tkazildi.

Natijada, uning yuklari orasida bojxona nazoratidan yashirilgan, olib kirish me`yoridan ortiqcha bo`lgan jami 64,25 gramm kumush taqinchoqlar borligi aniqlandi. 

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1