AsosiyJamiyat

Qaysi davlat O`zbekistonning asosiy investisiyaviy hamkori?

'Qaysi davlat O`zbekistonning asosiy investisiyaviy hamkori?'ning rasmi

Rasmiy statistikaga ishonadigan bo`lsak,  shu yilning to`qqiz oyida xorijiy kapital ishtirokida 2511 ta yangi korxona tashkil etilibdi. Ularning asosiy qismi doimiy hamkorlar sifatida aytiladigan — Xitoy, Rossiya, Turkiya, Qozog`iston, Koreya Respublikasi rezidentlari hissasiga to`g`ri kelgan.  

Hududlar kesimi bo`yicha tahlil qilinganda, eng ko`p korxona Toshkent shahri (1350) va viloyati (224), Surxondaryo (133), Samarqand (119)da tuzilgan.  Ayniqsa, har doim hamma sohadan orqada qolib yuradigan Surxondaryoning birinchi uchlikdan joy olgani hudud sanoat salohiyati ortayotganini ko`rsatadi.  

Davlat statistika qo`mitasi xorijiy kapital ishtirokida korxona va tashkilotlar soni jami 9732 taga etganini ma`lum qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar