AsosiyJamiyat

Respublika miqiyosidagi klinikalarda davolanish uchun order olish tartibi

'Respublika miqiyosidagi klinikalarda davolanish uchun order olish tartibi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qaroriga muvofiq, yo`llanma (order) bilan murojaat qilgan bemorlarga kafolatlangan tibbiy xizmatlar davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. 

1-bosqich. Shifoxonada tekshirish va davolanish davomida mijoz kasalligini aniqlash maqsadida tekshiruv va davolashga ko`rsatmalar aniqlangan taqdirda, mijoz viloyat tibbiyot tashkiloti (Toshkent shahrida – tuman tibbiyot birlashmasi) tarkibida tashkil qilingan tibbiy-tanlov komissiyasiga yuboriladi. Bunda mijozning kasallik tarixidan berilgan ko`chirmaga tavsiya qilingan respublika darajasidagi tibbiyot tashkilotining nomi, zarur tekshiruv usullari va davo muolajalari to`g`risida tavsiyalar bayon qilinadi. 

2-bosqich. Viloyat tibbiyot tashkiloti (Toshkent shahrida – tuman markaziy ko`p tarmoqli poliklinikasi) tarkibidagi tibbiy-tanlov komissiyasi mijozning tibbiy hujjatlari (kasallik tarixidan ko`chirma), ixtisoslik bo`yicha mutaxassis tavsiyalarini o`rganib chiqqan holda, unga respublika darajasidagi tibbiyot tashkilotiga yo`llanma berish masalasini ko`rib chiqadi.

3-bosqich. Tibbiy-tanlov komissiyasi tomonidan mijoz tasdiqlangan standartlar asosida respublika darajasidagi tibbiyot tashkilotida tibbiy yordam (teshirish va davolash)ga muhtoj deb topilganda, unga yo`llanma (order) rasmiylashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar