AsosiyJinoyat

Qirg`izistonda o`zbekistonlik yigit zo`ravonliklikda gumonlanib, qo`lga olindi

'Qirg`izistonda o`zbekistonlik yigit zo`ravonliklikda gumonlanib, qo`lga olindi'ning rasmi

 Joriy yilning 5 oktyabr kuni Qirg`izistonning Sverdlov tumani Ichki ishlar bo`limiga voyaga etmagan qizning nomusiga tajovuz qilingani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga etib borgan tezkor-qidiruv guruhi taxminan 25—30 yosh atrofida bo`lgan noma`lum erkak Bishkek shahridagi Shopokov ko`chasi yaqinida 2007 yilda tug`ilgan qizni zo`rlab, qochib ketgani ma`lum bo`lgan, deb xabar beradi Qirg`iziston Ichki ishlar vazirligi.

O`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida yuqorida ko`rsatilgan fakt bo`yicha 10 oktyabr kuni 1985 yilda tug`ilgan O`zbekiston fuqarosi qo`lga olingan. Bishkek shahridagi qurilishda ishlagan erkak muqaddam «bezorilik» moddasi bo`yicha O`zbekistonda sudlangan. Gumonlanuvchi o`z aybiga iqror bo`lgan.

Hozirda uning boshqa jinoyatlarga aloqasi bor yo`qligini aniqlash bo`yicha ishlar olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar