AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda inspektor bilan bo`lgan tortishuvda haydovchi haq bo`lib chiqdi

'Qashqadaryoda inspektor bilan bo`lgan tortishuvda haydovchi haq bo`lib chiqdi'ning rasmi

Bir muddat avval Telegram messendjeridagi @Militsiya_Uzb kanalida Qashqadaryo viloyat IIB YXHB xodimining tungi vaqtda xizmatni tashkil etishi davomida haydovchi bilan qo`pol muomalada bo`lganlik holati yuzasidan video va unga berilgan sharhga e`lon qilingan edi. 

Qashqadaryo viloyat IIB matbuot xizmati ushbu holat bo`yicha tekshiruv olib bordi va holatga aniqlik kiritdi.

Aniqlanishicha, 2019 yilning 09 oktyabr kuni @Militsiya_Uzb kanalida “Qashqadaryo GAIlari bilan janjal” sarlavhasi bilan noma`lum shaxs tomonidan vileo joylashtirilgan. 3 qismdan iborat bo`lgan Qashqadaryo viloyat IIB YXHB xodimining tungi vaqtda xizmatni tashkil etishi davomida yuk avtomashinasi haydovchisi bilan belgilangan tartibda muomalada bo`lmaganlik holati aks etgan videolavha mazkur kanal obunachilariga namoyish etilgan. 

Ushbu lavha e`lon qilinishi bilanoq viloyat ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari tomonidan videoda aks etgan YXHB xodimining shaxsiga aniqlik kiritildi. 

Unga ko`ra, mazkur xodim viloyat IIB YHXBning sobiq YPXB 2-YPX otryadi 3-safarbarlik guruhi YPX katta inspektori serjant Choriev Ravshan ekanligi aniqlangan hamda mazkur video lavhaga asosan o`tkazilgan tekshiruv davomida u 2018 yil 08 mart kuni soat 23-00 lar chamasida  Qamashi tumani Chim qishlog`i hududidan o`tuvchi 4R-79 “Qarshi-Chim-Yakkabog`-Shaxrisabz” va A-378 “G`uzor-Samarqand” avtomobil yo`llari kesishgan chorraxada tungi xizmatga jalb etilganligi va shu kuni mazkur yo`ldan xarakatlanib kelayotgan “Mersedes-bens” rusumli 70 A 077 MA davlat raqamli yuk avtomashinasi haydovchisi o`rtasida kelib chiqqan ziddiyat bilan bog`liq ekanligi aniqlandi. 

Viloyat IIB tomonidan mazkur holatda sobiq YPXB xodimi amaldagi qonunchilik talablariga rioya etmaganlik holati yuzasidan xizmat tekshiruvi o`tkazilib, natijada serjant R.Choriev qattiq intizomiy jazoga loyiqligi, lekin uning 2018 yil 30 mart kuni viloyat IIB boshlig`ining nomiga egallab turgan lavozimidan ozod etib boshqa xizmatga o`tkazilishini so`rab bergan bildirgisi inobatga olindi. 

Qayd etilganlarga asosan, viloyat IIB jamoatchilik tomonidan ichki ishlar xodimining nojuya xatti-harakatiga nisbatan bildirgan murojaatini asosli deb hisoblaydi. Shuningdek, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati fuqarolarimizdan xodimlar bilan bog`liq bo`lgan har qanday nojuya harakat haqida zudlik bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatiga murojaat qilishlari mumkinligini so`rab qoladi.

    Boshqa yangiliklar