AsosiyJamiyat

Milliy aviakompaniya uchta yangi qatnov yo`lga qo`yadi

'Milliy aviakompaniya uchta yangi qatnov yo`lga qo`yadi'ning rasmi

2020 yilning 1 aprelidan e`tiboran “O`zbekiston havo yo`llari” MAK “Toshkent-Myunxen-Toshkent” yo`nalishida yangi parvoz yo`lga qo`yadi.

Bundan tashqari Gresiya va Qatardan O`zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni yo`lga qo`yish bo`yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Milliy va xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilish yo`li bilan Xitoyning Sanya, Sian, Iu, Shanxay va Guanchjou shaharlariga qatnov yo`lga qo`yish, shuningdek O`zbekiston va Kanada o`rtasida qatnov yo`lga qo`yish imkoniyatlari ko`rib chiqilmoqda.

27 sentyabr kuni Xitoyning “Zhejiang Loong Airlines” aviakompaniyasi Siandan Toshkentga charter qatnovini yo`lga qo`ydi.

Bugungi kunda O`zbekiston transport vazirligi xizmat sifatini yaxshilash maqsadidi O`zbekistondan Rossiya Federasiyasi, Qirg`iziston, Isroil, Eron, Saudiya Arabistoni va Chexiyaga qatnovlarni oshirishni rejalashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar