AsosiyJamiyat

Toshkent-Istanbul o`rtasida charter reysi ochildi

'Toshkent-Istanbul o`rtasida charter reysi ochildi'ning rasmi

Toshkent shahridagi “Miran International” mehmonxonasida Toshkent-Istanbul (Sabihi Gyokchen nomli xalqaro aeroportdan)-Tashkent charter reysining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Tadbirda Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi,  “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, shuningdek, mahalliy turistik biznes va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 

Toshkentdan Istanbulga charter reyslar tashkilotchisi sifatida «Asialuxe Travel» MChJ qatnashib, bu tashkilot 2019 yilning yozgi mavsumida Toshkent-Tomchi-Toshkent yo`nalishi bo`yicha 11 charter reysni muvaffaqiyatli amalga oshirgan. 

«Asialuxe Travel» kompaniyasi direktorining so`zlariga ko`ra, charter reyslarning yo`lga qo`yilishi Turkiya va O`zbekiston o`rtasidagi ikki tomonlama turistik oqimning ko`payishiga turtki berib, mashhur aviayo`nalishga aviachiptalar tanqisligi muammosini bartaraf etish imkonini yaratadi.

Charter reyslar joriy yilning 23 oktyabridan e`tiboran har haftaning chorshanba kunida amalga oshiriladi. 

Ta`kidlash joizki, A320, B757, B767 samolyotlari Istanbulning Osiyo qismida joylashgan Sabihi Gyokchen nomli xalqaro aeroportga borib qo`nadi. Mazkur charter reys yo`lovchilari uchun shaharning markazi hamda aksincha aeroportga transfer yo`lga qo`yiladi. Shu bilan birga, yo`lovchilar so`roviga ko`ra belgilangan normadan yuqori bo`lgan yukni bepul tashish ham amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, “Asialuxe Travel” kompaniyasi Turkiyaning eng mashhur mehmonxonalari bilan hamyonbop turistik paketlar tashkil qilish xizmatini taklif qiladi. Tadbirda ma`lum qilinishicha, kelgusida reyslar chastotasini haftada ikki martagacha oshirish rejalashtirilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar