AsosiyJinoyat

Yirik miqdordagi telefon va telefon aksessuarlarini noqonuniy olib kirish holati aniqlandi

'Yirik miqdordagi telefon va telefon aksessuarlarini noqonuniy olib kirish holati aniqlandi'ning rasmi

Bojxonachilar tomonidan telefon va telefon aksessuarlarining respublikamizga noqonuniy olib kirilishining bir nechta holati aniqlandi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Rossiya Federasiyasidan respublikamizga o`tish uchun ushbu postga kirib kelgan fuqaro Q.X. boshqaruvida bo`lgan “Lada-Largus” rusumli avtoulov bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, avtomashina yukxonasida og`zaki savol javobda aytilmagan va yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati  67,6 million so`mlik 12 940 dona uyali telefon aksessuarlarini bojxona to`lovlaridan qochish maqsadida yashirib olib kirish vaqtida to`xtatib qolindi. 

Shuningdek, “G`ishko`prik” chegara bojxona posti Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish guruhi xodimi tomonidan, fuqaro E.A.ning qo`l yuklari xolislar ishtirokida tekshirilganida, qo`l sumkasi ichida  qiymati 14 million so`mlik 18 dona turli rusumdagi uyali telefonlari borligi aniqlandi.

“Farxod” chegara bojxona posti xodimi tomonidan ham yana bir holatda qo`shni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqaro S.M. og`zaki savol-javobdan so`ng, xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganida, kiyimlari orasiga yashirilgan qiymati 1,6 million so`mlik jami 8 dona, uyali aloqa vositalari borligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar