AsosiyJinoyat

Belgilangan talablarni buzgan chet el avtotransporti jarimaga tortildi

'Belgilangan talablarni buzgan chet el avtotransporti  jarimaga tortildi'ning rasmi

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan Jizzax shahridagi “Ko`k bozor” dehqon bozori hududida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbir davomida bozor hududida to`xtab turgan, chet el fuqarosi S.V boshqaruvidagi, “BMW 315” rusumli avtotransport vositasining hujjatlari tekshirilganda, avtotransportga rasmiylashtirilgan majburiyatnoma talablarini buzgan holda belgilangan 90 kun muddatdan tashqari yana 93 kalendar kun o`tib ketganligi va bu bo`yicha bojxona organlariga murojaat qilmasdan boshqarib yurganligi aniqlandi. 

Natijada avtotransport vositasi vaqtincha saqlovga olinib, 
31 565 276 so`m qo`shimcha bojxona yig`imlari hisoblandi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar