AsosiyJinoyat

26 YoShLI OTA O`Z BOLASINI SUVGA ULOQTIRDI. BUNGA ShUBHA SABAB BO`LGANMI YoKI?

'26 YoShLI OTA O`Z BOLASINI SUVGA ULOQTIRDI. BUNGA ShUBHA SABAB BO`LGANMI  YoKI?'ning rasmi

Bu borada onaning ham o`z haqiqatlari bor. Achinarlisi esa bolakay hali bir yoshga ham to`lmagandi...

Namanganda aliment to`lashni xohlamagan ota hali bir yoshga ham to`lmagan o`z farzandini kanalga uloqtirdi. Eng hayratlanarlisi, kanalga uloqtirilgan bola 26 yoshli otaning yagona farzandi bo`lgan...

Ota 2017 yil 1 oktyabrda qonuniy nikohdan o`tib yashagan. 2018 yil 4 iyulda tug`ilgan farzandi o`ziga o`xshamasligidan shubha qilib, rafiqasi bilan janjallashadi. Doimiy kam­ sitib kelingani oqibatida rafiqasi 2019 yil 24 fevralda o`g`lini olib, qizlik uyiga ketib qoladi.

“RAFIQAM MENI ALDAGAN”

Sudda aybiga to`liq iqrorlik bildirgan sudlanuvchi holatni quyidagicha izohlagan:

— Rafiqam menga yolg`on gapirib, oilaviy tanishini “qarindoshim” degan. Uning mashinasida yurganini ko`rib qolib janjallashdim. U bo`lsa, o`g`lini olib 24 fevralda otasinikiga ketib qoldi. Ajrashish maqsadim bo`lmagan.

ONANING HAM O`Z HAQIQATLARI BOR

Tanganing ikkinchi tomoniga nazar solsak, onaning ham o`z haqiqatlari bor:

2018 yil dekabrda mahalla faollari va nuroniylari aralashuvi sabab, birinchi gal erimnikiga qaytdim. Biroq erim yana kamsitib, bo`lar-bo`lmas bahonalar bilan janjallashaverdi. O`shanda onamnikiga ketgancha, hatto 2019 yil aprelda qaynotam uyga qaytishni tak-lif qilganda ham rozi bo`lmadim.

FARZANDI O`ZINIKI EMASLIGIGA ShUBHASI BO`LGAN, AMMO...

24 apreldagi fuqarolik ishlari bo`yicha Namangan tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan ayolning da`vosi qanoatlantirilib, otadan ona foydasiga farzandi 3 yoshga to`lgunga qadar topgan daromadining 70 foizi miqdorida aliment to`lashi belgilangan. Ota esa bundan norozi bo`lgan. Eng qizig`i, farzandi o`ziniki emasligiga shubhasi bo`lsa­da, u bilan ko`rishib turishi uchun fuqarolik sudiga murojaat qilgan.

O`g`limni ko`rish uchun borganimda xotinim to`sqinlik qilgani sabab, fuqarolik sudiga ariza berdim. Har haftaning shanba va yakshanba kunlari onaning ishtirokida soat 10:00dan 12:00 gacha farzandim bilan ko`rishish uchun hal qiluv qarori chiqarildi. 2018 yilning dekabr va 2019 yilning aprelida bolamni olib ketib yashirganman. Bir marta pro filaktika inspektori, ikkinchi marta xotinimning bobosi kelib, farzandimni olib ketgan. 8 iyun tongida ham bolani ko`rish maqsadida xotinim yashayotgan uyga bordim.

Aylanib kelaylik, deya taklif kiritdim.

Kir yuvmoqchiman, — deb rozi bo`lmadi.

Nonushta qilmagan- dim, bir piyola issiq choy olib chiq, — deya o`g`limni olib ketish maqsadida yolg`on gapirdim.

Ayol uyga kirib, choy bi lan chiqqanida eri bolani olib ketganini bilgan. Keyin qaynotasiga qo`ng`iroq qiladi. Qaynotasi “o`z bolasini o`ldirib qo`ymas” deganidan so`ng, ayol darhol MFY profilaktika inspektoriga xabar beradi.

"SUZIShNI BILMAGANIM UChUN SUVGA TUShMADIM»

Bolani Shimoliy Farg`ona kanalidagi ko`prik tomonga olib ketdim. Hayotimdagi kechinmalarni o`ylab, xotinimdan jahlim chiqdi. Qanday qilib o`g`limni suvga tashlab yuborganimni bilmay qoldim. Uning suvga cho`kib ketganini ko`rdim. Biroq suzishni bilmaganim uchun orqasidan suvga tush madim. Qo`limda bosh kiyimi qolganini ko`rib, temir yo`l bo`ylab yurganimda tashlab yubordim, — deydi ota.

XABARNI IIB XODIMLARI ETKAZGAN

Erining bunday tubanlikka borishiga ikkilangan ayol o`g`lini qidirish uchun chiqib ketmoqchi bo`lganida, IIB xodimlari kelib eri farzandini Shimoliy Farg`ona kanaliga tashlab yuborganini xabar qilishadi.

Sud qarori bilan undan undirilishi lozim bo`lgan aliment pulini to`lashdan qutulish maqsadida hali bir yoshga to`lmagan farzandini Shimoliy Farg`ona kanaliga tashlab o`ldirgan ota qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligini bildirdi.

 Akromjon ARIPOV, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi katta konsultanti:

— Jinoyat ishlari bo`yicha Namangan viloyat sudi sudyasi Sanobar Mamadalieva tomonidan sudlanuvchiga JKning 97-moddasi 2-qismida “v, i” bandlari bilan 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 Yaqinda Namanganda bir ayol ikki go`dakning joniga qasd qilgandi. Endi esa bu voqea... Er-xotin orasidagi ziddiyatlar qurboni farzand bo`lishi kerak emas. Mahalla faollari, atrofdagilar Vatan ichidagi Vatan bo`lgan bir oilani jarlikka etaklaydigan muammolariga befarq bo`lmasa, o`z vaqtida ularga to`g`ri yo`l ko`rsatsa, shunday noxush holatlarning oldi olingan bo`larmidi?..

  Sadoqat ALLABERGANOVA, jurnalist

    Boshqa yangiliklar