AsosiyJinoyat

Bekobodda qurilish kompaniyasi rahbari bog`cha ta`miri uchun ajratilgan pulga Lacetti sotib oldi

'Bekobodda qurilish kompaniyasi rahbari bog`cha ta`miri uchun ajratilgan pulga Lacetti sotib oldi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bekobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshirishda «D.B.S» MChJ tomonidan tumanidagi 29-sonli maktabgacha ta`lim muassasasida shartnomada ko`rsatilgan rekonstruksiya ishlari bajarilmagani aniqlandi. 

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lum qildi.

Shunday bo`lsa-da, «Infratuzilmani rivojlantirish bo`yicha injiniring kompaniyasi» davlat unitar korxonasi Toshkent viloyati filiali tomonidan ushbu jamiyatga 2,4 milliard so`m o`tkazib berilib, juda ko`p miqdordagi byudjet mablag`lari talon-toroj qilingan.

«D.B.S» MChJ rahbari tomonidan o`zlashtirilgan byudjet mablag`lari hisobidan Lacetti rusumli avtomashina sotib olinib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan «D.B.S» MChJ rahbari X.R. «Infratuzilmani rivojlantirish bo`yicha injiniring kompaniyasi» DUK Toshkent viloyati filiali mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar