1

Qo`ng`irot soda zavodidan ukrainalik tadbirkorga 1,9 mlrd. so`mlik qarzi undirildi

Jamiyat 15.10.2019, 22:34
Qo`ng`irot soda zavodidan ukrainalik tadbirkorga 1,9 mlrd. so`mlik qarzi undirildi

Majburiy ijro byurosi Qo`ng`irot tuman bo`limiga Toshkent shahar iqtisodiy sudining 28.08.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor «Qo`ng`irot soda zavodi» MChJ dan undiruvchi Ukraina davlatining «Kompaniya agroimpeks LTD» MChJ foydasiga 1 mlrd. 863 mln. 715 ming so`m qarz undirish to`g`risidagi ijro hujjati bo`lim ish yurituviga 07.09.2019 yilda kelib tushgan va shu kunning o`zida ijro ishi qo`zg`atilgan.

Ijro harakatlari davomida O`zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida»gi Qonunning 23 moddasiga asosan qarzdorga sud qarorini ihtiyoriy bajarish uchun 15 kunlik muddat belgilandi.

Ushbu belgilangan muddatda sud qarori talablari bajarilmaganligi sababli, bo`lim tomonidan qarzdorning bank hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomasi qo`yilgandan keyin ko`p vaqt o`tmay, qarzdor tomonidan Ukrainalik «Kompaniya agroimpeks LTD» MChJ foydasiga 1 mlrd. 863 mln. 714 ming 978,40 so`m qarzdorlik to`liq undirildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1