AsosiyJamiyat

MIB Urganchda arzon tovarlar savdo yarmarkasini tashkil etdi

'MIB Urganchda arzon tovarlar savdo yarmarkasini tashkil etdi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi «Davlat daromadiga o`tkaziladigan mol-mulklarni olib qo`yish, sotish va yo`q qilib tashlash tartibi to`g`risida»gi Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Urganch shahar markaziy dehqon bozorida arzonlashtirilgan tovarlar savdo yarmarkasi tashkil etildi. 

Ushbu yarmarkada jinoyat va ma`muriy ishlari bo`yicha sudlarning ijro hujjatlariga asosan davlat daromadlariga o`tkazilishi belgilangan tovar moddiy boyliklari xaridorgir narxlarda savdoga chiqarildi. 

Shuningdek, haftaning juma va yakshanba kunlari o`tkazib kelinayotgan yarmarkada 151,3 million so`mlik kiyim-kechaklar, poyabzallar arzonlashtirilgan narxda sotuvga qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar