Bugungi kunda volontyorlik harakati dunyo bo`ylab keng tarqalayotgan mashhur sohalardan biridir. Bunda volontyorlar jamiyat, insonlarning turli muammolari echimiga, ularning hayoti har tomonlama yaxshilanishiga xizmat qiluvchi turli loyihalar ustida ish olib boradi. Volontyorlik harakati yoshlarning mustaqil fikrlashini va ijtimoiy mas`uliyatini oshiradi. Bu orqali ular jamiyatning bir bo`lagi ekanini his eta boshlaydi. Yoshlarda “Hamma narsaga o`z kuchim bilan erishaman” degan maqsad uyg`onadi.
O`zbekistonda nechta volontyorlar bor? Hozirda ularning faoliyatiga e`tibor qay darajada? Barcha volontyorlarni bir maqsad atrofida birlashtirish mumkinmi? Bu kabi qator savollar davom etaveradi. Barcha savollarga javob “Volontyorlar maktabi”da mujassam. Mazkur maktab respublikadagi ko`ngilli maqomini tasdiqlash, ushbu faoliyat bilan bog`liq g`oyalarni targ`ib qilish va mamlakatda ko`ngillilar faoliyatini ommalashtirish hamda rivojlantirishga qaratilgan loyiha asosida tashkil etildi. Volontyorlar maktabida texnologiya, iqtisodiyot, biznes, xayriya, san`at, o`zini rivojlantirish va boshqa sohalarda tajribali trenerlar tomonidan volontyorlarga master-klasslar, treninglar o`tkazilishirejalashtirilgan.
Yurtimizda ilk bor “Volontyorlar maktabi” tomonidan “Yurtimiz volontyorlari” tanlovi o`tkaziladi. Tanlovda qatnashish istagidagi yoshlardan dastlabki bosqichda so`rovnoma to`ldirish (https://forms.gle/5BHPjeiYyL4NCcHT9) so`raladi. Ikkinchi bosqichda esa nomzodlar bilan suhbat o`tkaziladi. G`oliblar 2019yil 30noyabr kuni e`lon qilinadi va taqdirlanadi. Tanlov 13oktyabrdan 1noyabrgacha davom etadi. Tanlov uchun ro`yxatdan o`tishning so`nggi kuni – 20oktyabr. Tanlovda 18 yoshga to`lgan, rus yoki ingliz tillarida erkin so`zlasha oladigan, volontyorlik tajribasiga ega yoshlar ishtirok etishi mumkin. Eng yaxshi volontyorlar 2019yil dekabr oyida Moskvada bo`lib o`tadigan Xalqaro volontyorlar forumida qatnashish imkoniyatini qo`lga kiritadi.
Batafsil:(https://teletype.in/@vschool.uz/HkpQNqytS)