Singapur Immigrasiya va nazorat-o`tish punktlari xizmatida 2019-yil 14-avgustdan boshlab Singapurga kirishni qayd etish (SG Arrival Card) elektron xizmatining tajriba versiyasini sinovdan o`tkazmoqda. Bu haqida TIV xabar qilmoqda.
Mazkur dastur Singapurga kelayotgan shaxslar tomonidan mamlakatga kelishlaridan avval o`zlari to`g`risidagi ma`lumotlarni taqdim qilishlari bilan bog`liq jarayonni tezlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Dastur bosqichma-bosqich 2021-yilgacha amaldagi hujjatlarni qog`oz shaklida to`ldirish tizimi o`rnini egallaydi.
Singapurga borishni rejalashtirayotgan chet el fuqarolari barcha mavjud elektron platformalar orqali mamlakatga kelishlaridan oldin 14 kun ichida zarur shaklni to`ldirishlari mumkin. Dastur xizmatlaridan foydalanish tekin, ammo viza tizimi o`rnatilgan davlatalarning fuqarolari uchun viza olish bilan bog`liq jarayonni bekor qilmaydi.
Hozirda mazkur qulaylikdan Singapurga faqatgina havo transporti vositasida keluvchi shaxslar foydalanishlari mumkin.
TIV Konsullik-huquqiy departamenti Singapur, Avstraliya va Yangi Zelandiya hududida bo`lgan O`zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Singapurdagi Elchixonasiga +65 6734 3942 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi.
17.10.2019 05:51
Singapurga borayotgan o`zbekistonliklar diqqatiga!






