1

“Tinchlik va osoyishtalikni saqlashda yoshlarning mas`uliyati” mavzusida uchrashuv o`tkazildi

Jamiyat 17.10.2019, 11:46
“Tinchlik va osoyishtalikni saqlashda yoshlarning mas`uliyati” mavzusida uchrashuv o`tkazildi

Ayni kunlarda IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari tomonidan Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi tumanlar va shaharlar ichki ishlar organlarining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo`linmalari boshliqlari (katta tezkor vakillari), migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, yo`l harakati xavfsizligi, xavfsiz turizmni ta`minlash bo`linmalari xodimlari uchun malaka oshirish sayyor o`quv yig`inlari o`tkazilmoqda.

O`quv yig`inlari doirasida Institut professor-o`qituvchilari tomonidan ta`lim muassasalarida ma`naviy-ma`rifiy uchrashuvlar hamda huquqiy targ`ibot tadbirlari ham uyushtirib kelinmoqda. 

Xususan, Samarqand viloyati Bulung`ur tumanidagi 18, 22-sonli hamda Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 1-sonli, Buxoro tumanidagi 23-sonli umumta`lim maktablari o`quvchilari bilan “Tinchlik va osoyishtalikni saqlashda yoshlar mas`uliyati” mavzusida uchrashuv o`tkazildi. 

– Maktabimizda o`tkazilgan bunday tadbirlar tez-tez o`tkazilib turishini so`rar edik, – deydi Samarqand viloyati Bulung`ur tumani 22-sonli umumta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi Nilufar Nuriddinova. – Bu tadbir orqali biz o`quvchilar yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalikning qadriga etishimiz, tinchlikni saqlashda o`quvchilar qanday ishlarni amalga oshirish kerakligi tushuntirildi. Mazkur tadbir doirasida tashkil etilgan “Yoshlar o`rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi” mavzusidagi viktorina esa maktab o`quvchilarida katta qiziqish uyg`otdi. 

– O`tkazilgan ushbu tadbirlar biz yoshlarda vatanparvarlik, fidoiylik va yurtga sadoqat tuyg`ularini oshirishga, jonajon Vatanimizni asrab-avaylash har birimizning sadoqatli burchi ekanligini anglab olishimizga turtki bo`ldi, – deydi Buxoro tumanidagi 23-sonli umumta`lim maktabning 9-sinf o`quvchisi G`olibjon Temirov. – Tadbir tashkilotchilariga o`z minnatdorligimizni bildiramiz.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligiga qarashli Samarqand akademik liseyida “Yoshlarda yuksak ma`naviyat va qonun ustuvorligi asosida yashash, el-yurtga sadoqat, adolat, halollik va jasorat fazilatlarini kamol toptirish” mavzusida o`tkazilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirda bo`lg`usi ichki ishlar organlari xodimlarida mazkur oliyjanob fazilatlarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati haqida so`z yuritildi.

Bundan tashqari, Institut professor-o`qituvchilari tomonidan keksa avlod vakillari va yakka yolg`iz qariyalarning holidan xabar olinib, ularning muammolarini eshitish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda ularning echimini topishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Jumladan, Buxoro tumani “Shergiron” mahallasida istiqomat qiluvchi, 2-guruh nogironi Sadriddin Saidov, Jondor tumani Paxtakor ko`chasi 42-uyda istiqomat qiluvchi, 1-guruh nogironi Ibroximbek Ibroximov va uning otasi, 2-guruh nogironi Furqat Xamroev, Jondor tumani Varaxsho ko`chasida istiqomat qiluvchi 
1941 yilda tug`ilgan Jiro Xamroev, Bulung`ur tumani “Yangiobod” mahallasida yashovchi, 1931 yilda tug`ilgan Raim Nosirovlarning holidan xabar olindi. 

Institut professor-o`qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o`quv yig`inlari, ta`lim muassasalarida targ`ibot tadbirlari hamda kam ta`minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar va yakka yolg`iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olish kabi ezgu ishlar joylarda davom etmoqda.

O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1