1

20,8 kilogramm marixuanna saqlanayotgan xonadon fosh etildi

Jinoyat 18.10.2019, 16:37
20,8 kilogramm marixuanna saqlanayotgan xonadon fosh etildi

Bojxona organlari tomonidan yirik miqdordagi giyohvand moddalarning g`ayriqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda Termiz shahrida tezkor tadbir o`tkazdi. 

Tadbir davomida fuqaro X.B. boshqaruvida bo`lgan “Spark” rusumli avtomashina to`xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi.

Natijada, ushbu shaxsning egnidagi kiyimlari cho`ntaklarida o`n to`rt dona qog`oz parchalariga o`ralgan 18,43 gramm “marixuanna” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Shundan so`ng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro X.B.ning ko`rsatmasiga asosan, Termiz tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Sh ning xonadoni ham xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. 

Tekshiruv jarayonida hovli tomorqasida 1 tup nasha giyohvandlik o`simligi paravarishlanayotganligi, hamda yordamchi xo`jalikda polietilen qoplar va gugurt kutilarida umumiy og`irligi 20 kilogramm 825 grammni tashkil etuvchi “marixuanna” giyohvandlik vositasi saqlab kelinayotganligi ma`lum bo`ldi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1