AsosiyJamiyat

79 ta oliy ta`lim yo`nalishini bitirganlar yuridik mutaxassislikka qayta o`qitiladi

'79 ta oliy ta`lim yo`nalishini bitirganlar yuridik mutaxassislikka qayta o`qitiladi'ning rasmi

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo`yicha professional o`qitish markazida Oliy ma`lumotga ega bo`lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgan. 

Mazkur kurs uchun qabul kvotasi 100 (75 o`zbek, 25 rus) tani, to`lov-kontrakt miqdori esa 10 000 000 so`mni tashkil etadi.

Qayta tayyorlash kurslariga 79 ta oliy ta`lim yo`nalishini bitirgan talabgorlar suhbat tarzida o`tkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga ko`ra qabul qilinadi.

Kursda o`quv jarayonlari 2020 yilning yanvar oyidan boshlanib, 6 oy davom etadi.

Mazkur kurslarni tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmatlarida ishlash huquqiga ega bo`ladi.

Kursga hujjatlarni topshirish 2019 yilning 31 oktyabriga qadar centertsul.uz yoki qabul.sentertsul.uz veb-saytlari orqali faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.

Kurs haqida qo`shimcha ma`lumotlarni  www.centertsul.uz hamda +998712332214 telefon raqamlari orqali olish mumkin.

    Boshqa yangiliklar