1

Prezident bugun Chilonzorga bordi (foto)

Jamiyat 24.10.2019, 19:25
Teglar: Prezident, Chilonzor
Prezident bugun Chilonzorga bordi (foto)

 

Davlatimiz rahbari 24 oktyabr kuni Chilonzor tumanidagi “Orient keramik” mas`uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi. Bu haqida O`zA xabar qilmoqda.

Prezidentimiz 2017 yil Chilonzor tumaniga tashrifi doirasida “Orient keramik” korxonasi loyihasi bilan tanishgan, uni o`z vaqtida va sifatli yakunlash bo`yicha ko`rsatmalar bergan edi.

Shundan so`ng korxonaga Chilonzor tumanidagi sanoat zonasi hududidan 3,6 gektar joy ajratildi. O`tgan davr mobaynida zamonaviy korxona binosi qad rostlab, xorijdan keramika mahsulotlari va kafel ishlab chiqaradigan uskunalar keltirib o`rnatildi.

 

Davlatimiz rahbari mazkur korxonaning ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi, ishchilar bilan muloqot qildi.

Joriy yilning iyul oyida o`z faoliyatini boshlagan korxonaning umumiy qiymati qariyb 14 million dollar bo`lib, yiliga 3,6 million kvadrat metr keramik mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Ayni paytda bu erda 270 ishchi va mutaxassis mehnat qilmoqda.

Ahamiyatli jihati shundaki, mas`uliyati cheklangan jamiyat mahsulotlari deyarli 100 foiz mahalliy xomashyodan tayyorlanmoqda. Shu bois, bu erda tayyorlanayotgan kafellar xorijnikidan bir necha barobar arzon narxlarda ikchi bozorga chiqarilmoqda.

Ayni paytda korxona mahsulotlarining 30 foizi Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston va Afg`onistonga eksport qilinmoqda. Joriy yilning iyul-avgust oylarida 500 ming dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilgan.

Davlatimiz rahbariga Chilonzor tumani janubiy-g`arbiy sanoat hududida amalga oshirilgan haqida ma`lumot berildi. Unga ko`ra, 313 gektar maydonda tashkil qilingan 256 korxonada 9600 dan ortiq yangi ish o`rni yaratilgan.

Joriy yilning sentyabr oyiga qadar 1,6 trillion so`mlik maxsulot ishlab chiqarilgan. Shuningdek, tumandagi “Tash pet” MChJning pet-formalar ishlab chiqarish, “Metal tech construktion” MChJning metall mahsulotlari, oynani qayta ishlash, sendvich panellar ishlab chiqarish markazi, “Eklair cosmetiks” MChJning kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish markazi kabi qator loyihalar xususida ma`lumot berildi.

Prezidentimiz har bir loyihani o`z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo`yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.

 

Sharhlar

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
Chilonzor ko`chasida sodir bo`lgan ommaviy janjal mahalliy aholining "tungi kapalaklar"ga qarshi isyoni edimi? (video)

18.07.2023, 16:01

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o`zaro janjallashayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda.Toshkent shahar IIBBga ko`ra, videoda aks etgan janjal joriy yilning 18...
O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1