1

Urganchda giyohvandlik vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Jinoyat 25.10.2019, 17:04
Urganchda giyohvandlik vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma`lumotlar asosida viloyat IIB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida Urganch shahrida yashovchi fuqaro J.M jami 45 dona konvalyuta, jami 450 dona, tabletka vazni 22,5 gramm bo`lgan ko`p miqdordagi “Tramadol” yozuvli giyohvandlik vositalarini 6 000 000 so`mga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, fuqaro J.M. yashash uyida kelgusida iste`mol qilish maqsadida 1 dona konvalyuta, 9 dona tabletka vazni 0,45 gramm bo`lgan ko`p miqdordagi “Tramadol” yozuvli giyoxvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda saqlab qo`yganligi aniqlandi.

Shu kunning o`zida tadbir davom qildirilib, fuqaro J.M.ning ko`rsatmasi asosida Urganch shahrida yashovchi fuqaro M.A.ning yashash uyi ko`zdan kechirilganida 3 dona konvalyuta jami 24 dona, tabletka vazni 1,2 gramm bo`lgan, ko`p miqdordagi “Tramadol” yozuvli giyoxvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda iste`mol qilish maqsadida saqlab qo`yilganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan fuqaro J.M. va M.K.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1