1

Noqonuniy saqlanayotgan tamakilar aniqlandi

Jinoyat 26.10.2019, 23:23
Noqonuniy saqlanayotgan tamakilar aniqlandi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida poytaxtimizdagi savdo majmualarida ombor sifatida foydalanib kelinayotgan do`konlarning biri amaldagi tartiblarga ko`ra ko`zdan kechirildi. Bu haqida davlat Bojxona qo`mitasi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Natijada, fuqaro I.B.ga tegishli bo`lgan do`konda tegishli hujjatlari bo`lmagan, umumiy qiymati  40 million so`mlik jami 3772 quti tamaki mahsulotlari noqonuniy tarzda saqlanayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1