Kuni kecha, 26 oktyabr kuni soat 22:45 da Toshkent shahar Olmazor tumanida sodir bo`lgan YTH haqida xabar bergan edik. Mashina boshqaruvida 19 yoshli Bexruz K. ekanligi aytilgan edi. Ma`lum bo`lishicha, haydovchi tan jarohatlari bilan kasalxonaga etkazib borilgan, ammo shifokorlar yordamiga qaramay hayotdan ko`z yumgan.
Neksiya avtomobilida bo`lgan yo`lovchilar — 19 yoshli Diyor K., Javohir Z. va Muhammadaziz A. turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga etkazib borilgan. Ayni vaqtda ularga tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.